• 100194, Тошкент ш., Юнусобод, 3 квартал, Янги шахар кўчаси, 7А

Noshirlik kengashining 2026-yil 19-avgustdagi yig‘ilishi to‘g‘risida axborot

2026-yil 19-avgust kuni Noshirlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda quyidagi ilmiy maqolalar muhokama qilindi:

  1. “Gepatit D virusi tashxisotida immunoferment tahlillarining sifatini ta’minlash uchun ichki laboratoriya nazorati materialini shakllantirish va uni baholash”;
  2. “Gepatit delta virusi tashxisoti uchun PZR asosida mahalliy referens panel yaratish va uning sifat nazoratidagi ahamiyati”;
  3. “Оценка диагностической эффективности анализа экспрессии микроРНК в дифференциальной диагностике поражений эпителия шейки матки”;
  4. “Профиль мутаций резистентности к НИОТ у пациентов, получающих вторую линию АРВТ”.

Kengash a’zolari tomonidan taqdim etilgan maqolalar IMRAD xalqaro standartlari asosida rasmiylashtirilgani, ilmiy metodologiyasi zamonaviy talablarga javob berishi hamda olingan natijalar mantiqiy va ilmiy jihatdan asoslanganligi qayd etildi.

Muhokama yakunlariga ko‘ra:

  • “Gepatit D virusi tashxisotida immunoferment tahlillarining sifatini ta’minlash uchun ichki laboratoriya nazorati materialini shakllantirish va uni baholash” maqolasi Biologiya va tibbiyot muammolari (O‘zbekiston) jurnaliga yuborish tavsiya etildi;
  • “Gepatit delta virusi tashxisoti uchun PZR asosida mahalliy referens panel yaratish va uning sifat nazoratidagi ahamiyati” maqolasi Toshkent tibbiyot ahborotnomasi (O‘zbekiston) jurnaliga maqola annotatsiyasi qisqartirilgandan, rus tilidagi abbreviaturalar to‘g‘irlangandan, xulosa umumiylashtirilgandan keyin yuborish tavsiya etildi;
  • “Оценка диагностической эффективности анализа экспрессии микроРНК в дифференциальной диагностике поражений эпителия шейки матки” maqolasi Инфектология (Rossiya) (Q4) jurnaliga yuborish tavsiya etildi;
  • “Профиль мутаций резистентности к НИОТ у пациентов, получающих вторую линию АРВТ” maqolasi Клиническая инфектология и паразитология (Беларус Республикаси) (Q4) jurnaliga yuborish tavsiya etildi.

Yig‘ilish yakunida taqdim etilgan maqolalarni tegishli ilmiy jurnallar tahririyatlariga chop etish uchun yuborish to‘g‘risidagi qaror Noshirlik kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.